Navoiy shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida

 

Navoiy shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”  bayramini  keng  nishonlash  maqsadida    2017  yilning 29-dekabr kuni maktabning 137-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi. Buyruq asosida ishchi guruhi tarkibi tuzildi va bayramni o‘tkazish buyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Maktab peshtoqiga targ‘ibot banneri o‘rnatildi va fayega burchak tashkil etildi.

2018 yil 11 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” ga bag‘ishlab 7-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida  rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 1-o‘rinni 7-A sinf o‘quvchisi G‘aybullaeva S. 2-o‘rinni 8-B sinf o‘quvchisi O‘ktamova N. 3-o‘rinni 7-A sinf o‘quvchisi SH.Usmonovlar o‘rin egallab, maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

2018 yilning12-yanvar kuni “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori 8-“E” va 9-“B” sinf o‘quvchilari bilan hamkorlikda “Vatanimiz posbonlari-osudadir osmonlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

2018 yil 12-yanvar  kuni  Navoiy  shahar  XTB ning 2018-yil   11-yanvardagi  03-19-sonli xati pedagog  jamoada o‘rganib chiqildi va o‘quvchilarga etkazildi. 14-yanvar -Vatan ximoyachilari kuniga  bag‘ishlangan 50-dona tabriknoma 75-32 harbiy qismga jo‘natildi.

2018 yilning 13-yanvar kuni  9-“B”,”D”,”E” sinf o‘quvchi yigitlari o‘rtasida “Balli yigitlar” tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 5 ta shart bo‘yicha jamoalar  bellashdi.

1-shart. Safda yurish, raport topshirish.

2-shart. Turnikka tortinish.

3-shart. Arqon tortish.

4-shart. Jangovor holat.

5-shart. Tugma qadash.

Tanlovda jamoalar qo‘yidagi natijalarga erishdilar.

I-o‘rin   9-“E” sinf jamoasi

II- o‘rin   9-“B” sinf jamoasi

III- o‘rin   9-“D” sinf jamoasi

G‘olib jamoa maktab ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.