“Men ham harbiy bo‘laman”

2018-yilning 14-fevral kuni   O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi  kursanti Adizov Aziz Hazratovich tashrif buyurib, 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Men ham harbiy bo‘laman” shiori ostida targ‘ibot –tashviqot ishlarini olib bordi.  Targ‘ibot ishlari davomida Adizov  harbiy kishi qanday sifatlarga ega bo‘lish kerakligi, imtiyozlari, Qurolli Kuchlar Akademiyasiga topshirish uchun kerakli hujjatlar haqida ma’lumot berib o‘tdi. Suhbat  davomida  o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, to‘lig‘icha javob olishdi.